Messi: Barselonaga qaytaman!

  • 12 noyabr, 08:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” futbolchisi Lionel Messi oilasi bilan Barselona shahriga qaytish istagi borligini ma’lum qildi.

Tecno

- Biz Barselonani juda sog‘inamiz. Rafiqam va farzandlarim bilan har doim Barselona haqida gaplashamiz. Biz bu shaharga yashash uchun qaytishni xohlaymiz. U erda uyimiz bor, bu shahardan istagan narsamizni topishimiz mumkin, - dedi Lionel Messi.

Messi 2003-2021 yillar davomida “Barselona” tizimida faoliyat yuritgan. Kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi bosh jamoa uchun 778 ta uchrashuvda maydonga tushib, 672 ta gol va 303 ta assist qayd etgan.

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi “Barselona” tarkibida o‘n marta Ispaniya chempioni, etti marotaba mamlakat kubogi g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, Evropa Chempionlar ligasida to‘rt bor bosh sovringa ega chiqqan.

2021 yili klubning moliyaviy ahvoli Lionel Messini Kataloniyani tark etishga majbur qildi. Avvaliga ikki yil “Pari Sen-Jermen”da o‘ynagan yulduz 2023 yilning yozidan “Inter Mayami”da to‘p tepib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!