Messi “Barsa”da qolsa, bu ikki futbolchi ketadi!

  • 4 iyul, 2021, 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” moliyaviy fley-pley talablari tufayli Lionel Messi bilan yangi bitim tuzishga  qiynalyapti. Kataloniyaliklar asosiy yulduzini olib qolish uchun turli variantlarni o‘rganib chiqmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Messi qolishi uchun himoyachi Samyuel Umtiti va yarim himoyachi Miralem Pyanichni sotib yuborish varianti ham ishlanmoqda. Agar vaziyat taqozo etsa, kataloniyaliklar sardori uchun yana bir necha futbolchidan voz kechishga ham tayyorligi aytilmoqda.

Klub xo‘jayinlari bir guruh futbolchilarni sotib yuborish orqali maosh fondini feyr-pley talablariga mos keladigan darajada qisqartirishga erishmoqchi.

Hozirgi holatda, kataloniyaliklar Messiga yangi bitim taklif qila olmaydi. Uning xizmat haqi qo‘shilgan taqdirda maosh fondi klub daromadining 110 foizi tashkil qiladi va bu moliyaviy feyr-pleyning buzilishga olib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!