Messi Argentina terma jamoasi tarkibini qayta shakllantiradi

  • 11 dekabr, 2023, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni “Oltin to‘p”ning sakkiz karra g‘olibi Lionel Messi bilan uchrashadigan bo‘ldi.

Tecno

Ustoz va shogird uchrashuv davomida Argentina terma jamoasi xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishish uchun tarkida qanday o‘zgarishlarni amalga oshirish haqida o‘zaro fikr almashadi.

Jurnalist Esteban Edulning xabar berishicha, bu uchrashuv tez kunlarda tashkil etiladi.

Yaqinda Lionel Skaloni 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida Braziliya terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, terma jamoani topshirishni o‘ylayotganini ma’lum qilgandi.

Biroq tajribali mutaxassis fikridan qaytgani aytilmoqda. Endi u bor e’tiborini amaldagi jahon chempionlarini yana yangi marralar sari etaklashga tayyor va bu borada Lionel Messining yordamiga tayanmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!