
Messi AQShning yoqmagan tomonlarini aytdi
Yozda Evropani tark etib, “Inter Mayami”dan qo‘nim topgan Lionel Messi AQShdagi hayotgan ko‘nikishda o‘zini qiynagan omillarni tilga oldi.
- Moslashish jarayonida eng qiyini tirbandliklar bo‘ldi. Lekin Parijda ham shunday edi.
Bundan tashqari, issiq va namlikning yuqoriligini aytish mumkin. Bu erda ta’tilda hordiq chiqarayotganlarga bu hol yoqimli bo‘lishi mumkin.
Lekin sport nuqtai nazaridan, mashg‘ulotlar va o‘yinlarni inobatga olsak, bu odamni qiynaydi. Ayniqsa, yozda ahvol yanada murakkablashadi, - dedi Lionel Messi.
Lionel Messi “Inter Mayami” bilan 2025 yilning yarmigacha shartnoma tuzgan. Argentinalik yulduz fubol olamida barcha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan kam sonli o‘yinchilardan hisoblanadi.
Fikrlar