Merabni to‘xtatish mumkinmi? Pantoja yosh raqibini ta’zirini berarmikin? Guskov Blaxovichni nafaqaga chiqarib tashlaydimi? Qardoshimizga nima bo‘ladi?

  • 6 dekabr, 11:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston vaqti bilan 04:00 da "UFC 323" turniri start oladi. Super janglarga to‘lgan mazkur kechani barcha intiqlik bilan kutmoqda. Keling, 2025 yildagi so‘nggi "PPV event"i hisoblangan musobaqaning ahamiyatga molik janglarni tahlil qilamiz.

Tecno

Dastlab, oqshmoning markaziy to‘qnashuvi: Merab Dvalishvili - Pyotr Yan qarama-qarshiligiga e’tibor qaratamiz. Ular avval ham oktagonda jang qilishganidan xabaringiz bor. O‘sha bahsda gurziyalik hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alabaga qozongan edi. Dvalishvili UFC tarixida eng ko‘p teykdaun amalga oshirishgan jangchi hisoblanadi - 117 ta. Ulardan 49 tasi Yanga qarshi ilk jangda sodir bo‘lgan. Rossiyalik ularning 19 tasidan muvaffaqqiyatli himoyalana olgandi. Bu statistikadan ko‘p narsani bilish olish mumkin. Merab UFC dagi eng hujumkor jangchi hisoblanadi, u oldinga o‘tgani yirtqich hayvon misoli o‘ljasiga tashlanadi, qarshisidagini holdan toydirib yuboradi. Energiyasi ham juda baland. U xoh oktagondan tashqarida bo‘lsin, xoh ichida, hatto raundlar orasida boshqa jangchilar suv ichib, nafas rostlab olishsa, Merabni sakrayotgan alpozda ko‘rasiz. Go‘yo biroz avval jang qilmagandek. UFC da uning laqabi - "kardio mashina". UFC ga ko‘tarilishi ikki mag‘lubiyat bilan boshlangan ersa-da, 14 bahsdan buyon g‘alabali seriya qayd etmoqda. O‘tgan yili chempioniga aylangan gruzin bu yil 3 bor kamarini muvafaqqiyatli himoya qildi va to‘rtinchi himoya jangida ham favorit bo‘lib turibdi.

Ikkinchi markaziy to‘qnashuvda esa super engil vazn qiroli Aleksandr Pantoja beshinchi bor kamarini himoya qiladi. U ham o‘z vaznida Merab kabi raqiblarni "tozalab tashlagan". Hamma bilan ikki-uch bor jang qilib chiqdi. Shuning uchun bu safar qarshisidagi raqibi sun’iy ishirildi. Van iyun oyidagi ikki jang g‘alabasidan keyin vazn toifasida birinchi o‘ringa chiqib, titul imkoniyatiga ega bo‘ldi. U Brendon Royval va Bruno Silva kabi raqiblaridan oldin nomdor jangchilarga qarshi oktagonga chiqmagan edi.

Aleksandr Pantoja professional MMA karerasida hech qachon muddatdan avval engilmagan, besh mag‘lubiyatining barchasi hakamlar qarori bilan bo‘lgan. O‘zi esa 35 jangining 20 tasida raqiblarini finish qilgan. Shuningdek, bu vaznda 35 yosh va undan katta jangchilar orasida yagona chempion. Van hozir nafaqat o‘z vaznida, balki butun UFC da zarbalarning aniqligi borasida 82 % natija bilan etakchi bo‘lib turibdi. Bu kurashda istalgan "daydi" zarba Pantojani uxlatishi mumkin, lekin buning ehtimoli juda kam. Baribir braziliyalik jangchi katta farq bilan favorit hisoblanadi.

Asosiy kardning ochilish jangi uchun Dana Uayt yaxshi yurish amalga oshirgan: hamyurtimiz Bogdan Guskov sobiq chempion Yan Blaxovichga qarshi! 42 yoshga kirgan tajribali jangchi bu bahsning favoriti hisoblanadi. Lekin ortidan butun O‘zbekistonning muxlislar qo‘shini qo‘llab-quvvatlovini his qilayotgan Guskov sensatsiya amalga oshirishi mumkin. Shoyad shunday bo‘lsa, polshalik jangchi faoliyatini yakunlab yuborsa ham bo‘laveradi. Bu yoshdan keyin chempionlikka umid qilmasa kerak. Shunday deyabmiz-ku, lekin 42 yoshda ham qirchillama ekanini unutmaslik lozim, zero shuning uchun ham u mazkur bahs favoriti deyilyapti. Raqibi (ya’ni Bogdan) professional MMA faoliyatida 18 g‘alabaga erishgan bo‘lsa, barchasida finish amalga oshirgan (Futbolda shunday ibora bor, "kerak bo‘lsa, raqibingni hakamlarga qo‘shib  yut." Guskovning natijalari esa bu iboraning UFC da vujud topmish holi sanaladi. Zero UFC hakamligi bilan bog‘liq muammolar etarlicha ekanligi barchamizga ayon).

Yan Blaxovich parterda ham, "stoyka" da ham xavfli jangchi hisoblanadi. Biroq Bogdan kurashda u qadar kuchli emas, garchi "stoyka"da xavfli bo‘lsa-da. Agar jang parterga o‘tsa, hamyurtimizning g‘alaba ehtimoli kamayadi. Shu bois favorit sifatida Blaxovich qaralyapti. Uning UFC olamida katta nom ekanligini ham unutmaslik kerak, lekin "burulish nuqtasi" degan atama hayotda ham, barcha sport turlarida ham bir insonning hayot hikoyasini chiroylilashtirib bergan. Ana shu go‘zal hikoyaning jonli guvohiga aylanish uchun ham butun O‘zbekiston Bogdanning ortida!

Prelim kardda ham e’tiborga molik bir jang mavjud. Bu - Ibo va Ivo o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Qardoshimiz uchun bu to‘qnashuv yo tamom, yo davom jangi sanaladi. Turkiyalik jangchining eski shartnomasi ushbu bahs tugagach nihoyasiga etadi. Dana Uaytning yangi shartnoma berishi uchun Ibo super jang o‘tkazib, g‘alabaga erishishi lozim. Ivo esa Blaxovichning jamoadoshi ekanini bilasiz. Polshalik jangchi professional MMA karerasida olti bor oktagonga ko‘tarilib, barchasida zafar quchgan. Yosh borasida ham Ibodan ikki yosh kichik, biroq Iboning mushti Ivonikidan ko‘ra qattiqroq, shu bois bu jangda kichik ustunlik Ibo tarafida!

UFC olamidagi barcha yangiliklarni "Sports.uz" sayti bilan kuzatib boring.

Azizbek G‘OZIY tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!