
"Meni MYuga qo‘yib yuboring!"
“Manchester Yunayted” va “Borussiya”ning Jeydon Sancho transferlari bo‘yicha muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi. Inglizlar kerakli summani to‘lashga rozi bo‘lgan bir pallada dortmundliklar Sanchoni sotish fikridan qaytgandi.
Dortmund klubi rahbarlari kelasi yozda Evropa chempionatidan keyin Sanchoning narxi yanada oshishiga ishonmoqda va futbolchi uchun kurashga “Real”, “Barselona”, “Yuventus” va PSJ kabi klublarning qo‘shilishini kutmoqda.
Nihoyat, Jeydon Sancho “Borussiya” rahbarlarining bu siyosatiga qarshi bosh ko‘tardi. Angliyaning futbolchi o‘z yurtiga qaytish istagida ekani va “Manchester Yunayted”ga qo‘yib yuborishlarini talab qilyapti.
Shuningdek, 20 yoshli pleymeyker manchesterliklar tarkibiga qo‘shilish uchun Ispaniya, Italiya va Frantsiya grandlaridan bo‘ladigan har qanday taklifni rad etishini ham uqtirdi. Jeydon joriy chempionatda o‘tgan mavsumdagi yorqin o‘yinini namoyish qilmayotgani ham uning nemis klubi qaroridan noroziligini ko‘rsatmoqda.
Fikrlar