
Meni “Barsa”dan qo‘yib yuboringlar!
Anchadan beri Kataloniyadan ketishga ko‘nmayotgan Samuel Umtiti, nihoyat, “Barselona”ni tark etishga rozi bo‘ldi.
Frantsiyalik himoyachi klub rahbariyatiga murojaat qilib, o‘zini boshqa jamoaga qo‘yib yuborishni, birgina sharti uni oladigan klub mashhur bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Umtiti muntazam mamlakat chempionligi va Evrokuboklar g‘olibligi uchun kurashadigan jamoaga o‘tishni istayapti.
Samuel Umtitiga asosiy da’vogar sifatida “Arsenal” ko‘rsatilmoqda. Biroq bu jamoa anchadan beri Angliya chempionligi uchun kurashadigan qudratga ega emas.
Frantsiyalik himoyachining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi. Bu futbolchi 2016 yilda 25 million evro evaziga xarid qilingan. Uning hozirgi narxi 8 million evroga tushib ketgan.
Fikrlar