
Men Xavidan taklif kutyapman!
“Atletiko” hujumchisi Luis Suares “Barselona”ga qaytishdan umidini uzgani yo‘q. Urugvaylik to‘purar Kataloniyada 2014-2020 yillar davomida faoliyat yuritgan.
“Barselona”ga bosh murabbiylik qilgan Ronald Kuman tarkibni yashartirish bahosida Suaresni transferga qo‘yib yuborgandi.
Hozir 35 yoshli hujumchi “Atletiko”ga ham kerak emas. Uning o‘zi “Barselona”dan taklif kutayotganini yashirmayapti.
Yozda erkin agentga aylanadigan hujumchini “Aston Villa”, “Sevilya” va “Inter” o‘z safida ko‘rmoqchi.
Fikrlar