
Men ularni olmoqchi edim. Mashhur murabbiy Husanov va Fayzullaev haqida gapirdi!
Rossiya milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov ayni paytda Qozog‘istonda faoliyat yuritmoqda.
Cherchesov orada, ya’ni 2021-2023 yillar davomida 61 yoshli mutaxassis Vengriyaning “Ferentsvarosh” jamoasini ham boshqardi.
Mashhur murabbiy Qozog‘iston milliy terma jamoasini o‘tgan yili qabul qilib olgan edi. Biroq uning faoliyati kutilgan darajada chiqamadi va hozir Cherchesov vaziyatni o‘nglashga harakat qilmoqda.
Jurnalistlar bilan suhbatda Stanislav Cherchesov O‘zbekiston milliy terma jamoasining yosh etakchilari – Abbosbek Fayzullaev va Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Fayzullaev haqida
Abbosbek Fayzullaev hozir TsSKAda yaxshi o‘ynayapti. Men “Ferentsvarosh”da faoliyat yuritgan vaqtimdayoq klub sport dirktoriga Fayzullaevga e’tibor qaratish kerakligini aytgandim.
Lekin o‘shanda ular bu futbolchining xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidlashgan.
Husanov haqida
Sizlar Abduqodir Husanov haqida endigina eshitdingiz. Uning transferi millionlarga ko‘tarilganidan keyin hamma unga e’tibor qaratdi. Buning uchun katta murabbiy bo‘lish shart emas, ko‘pgina puling bo‘lsa etarli.
Menga Husanov haqidagi ma’lumotlarni Alan Aguzarov yuborgan. O‘shanda bu himoyachi Belarus chempionatida o‘ynardi.
Tabiiyki, men uning salohiyatini ko‘rganman. “Manchester Siti”ga futbolchini shunchaki olishmaydi.
Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullaev O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida birga o‘ynab kelgan va 2023 yilning yozidan beri har ikki futbolchi milliy terma jamoaga jalb qilib kelinmoqda.
20 yoshli Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida xalqaro miqyosda 18 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi mustahkam o‘yinlari va yuqori ko‘rsatkichlari bilan muxlisu mutaxassislar ishonchini oqlab kelmoqda.
21 yoshli Abbosbek Fayzullaev ham mamlakat bosh jamoasi tarkibida 23 ta bellashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marta ishg‘ol qilgan.
Ana xolos: Chempion legionerimiz Rossiyadagi jamoasiga qaytmadi!
Fikrlar