
Men “Manchester Yunayted”dan ketaman!
“Manchester Yunayted” himoyachisi Fil Jons tez orada klubni tark etishga qaror qildi. Bir paytlar jamoaning etakchilaridan bo‘lgan 29 yoshli futbolchi 2020 yildan beri bir marta maydonga tushdi xolos.
Fil Jons keyingi paytda ko‘p jarohat olayotgani bois o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.
L'Equipe nashrining ma’lum qilishicha, tajribali himoyachiga “Bordo” klubidan jiddiy taklif bo‘lyapti. Jonsning o‘zi ham muntazam futbol o‘ynash uchun bu chorlovni qabul qilishni istamoqda.
Fil Jons “Blekbern” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Mancheste Yunayted” safiga 2011 yili qo‘shilgan. Ayni paytda uning transfer summasi 4 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar