
Men chiqqan joylarda ko‘pchilik oyoqqa turolmaydi
“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Fil Foden jamoasining afsonaviy o‘yinchisiga aylanishni orzu qilayotganini yashirmadi.
- Men chiqqan joylarda oyoqqa tura olganlari juda kam topiladi. Hozirgi joyimgacha etib kelganimdan faxrlanaman.
“Manchester Siti”ning bir bo‘lagi bo‘lish o‘zgacha hissiyot. Ushbu klub afsonasiga aylanishga va nomimni abadiyatga muhrlashga umid qilaman. Hozir esa, ajoyib damlardan bahra olyapman, - dedi Fil Foden.
22 yoshli futbolchi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘qqizta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar