
Mehdi Taremi faoliyatini Gretsiyada davom ettiradi
33 yoshli hujumchi Mehdi Taremi endi "Olimpiakos" sharafini himoya qiladi. Avvalroq "Inter" va yunon klubi futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgani ma’lum qilingandi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, milanliklar bu kelishuvdan 2,5 million evro ishlab oladi. Taremi yakshanba kuni "Olimpiakos" bilan shartnoma imzolaydi.
Taremi "Inter" safida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Fikrlar