
MDH o‘yinlari: Medallarimiz soni 47 taga etdi
Qozon shahrida (Rossiya) davom etayotgan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Ayni paytda delegatsiyamizning medallari soni 47 tani tashkil qilmoqda.
Ortda qolgan kunda jamoamiz o‘q otish, koresh va 3x3 basketbol bo‘yicha medallarga sazovor bo‘ldi. Unda delegatsiyamiz hisobiga 1 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallari yozildi. G‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
O‘q otish, 10 metr: Muhammad Kamolov
Kumush medal:
Koresh:
-70 kg: Manguberdi Imyanov
-75 kg: Husan Abduhakimov
-100 kg: Uchqunjon Xursandov
Mutlaq vazn: Ilyosbek Obidjonov
Bronza medal:
Koresh:
-65 kg: Abdurahmon Egamov
-80 kg: Muhammadkarim Karimov
-85 kg: Akmaljon Hakimov
-90 kg: Umidjon Jalilov
-120 kg: Asadbek Zokirov
Basketbol bo‘yicha 3x3 qizlar jamoasi:
Farangiz Jalilova
Anastasiya Tsoy
Ramilya Zamaletdinova
Inna Shek
Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar 15 ta oltin, 18 ta kumush va 14 ta bronzani tashkil qilmoqda. Jami 47 ta medal to‘plagan O‘zbekiston jamoasi umumjamoa hisobida Rossiyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turibdi.
Fikrlar