
Mbappening burni operatsiya qilinmaydi
Kecha frantsiyalik hujumchi "Real Madrid"da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Tekshiruv natijalarini inobatga olib, klub operatsiyani keyinga qoldirishga qaror qildi.
Mbappe 7 avgust kuni klub bazasiga qaytadi va jamoaviy mashg‘ulotlarni boshlaydi. Taxminlarga ko‘ra, u jarrohlik amaliyotini boshdan kechirmaydi, ammo barchasi keyingi tekshiruvlarga bog‘liq bo‘lib, u ta’tildan qaytgach, futbolchining burni qanday holatda ekanligidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Ayni damda futbolchining 14 avgust kuni Varshavada "Atalanta"ga qarshi UEFA Superkubogida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe "Evro-2024"ning Avstriyaga qarshi o‘yinida burnini sindirib olgandi.
Fikrlar