
Mbappening ahvoli yaxshilandi
"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe o‘tkir gastroenterit tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgach, asta-sekin sog‘lig‘i yaxshilanmoqda. Bu haqda jurnalist Aranxa Rodriges ijtimoiy tarmoq X'da (ilgari Twitter) xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, frantsuz futbolchisi mehmonxonada aerobika mashg‘ulotlarini boshlagan.
19 iyun, payshanba kuni "Qirollik klubi" Mbappening kasalxonaga yotqizilgani haqida rasmiy ma’lumot bergan edi. OAV xabariga ko‘ra, hujumchining holati Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasidagi "Al-Hilol" bilan o‘yindan (1:1) oldin yomonlashgan. Futbolchi faqat mevalar bilan ovqatlanib, suv ichgani, qolgan jamoa a’zolaridan alohida saqlangani ta’kidlangan.
Fikrlar