
Mbappeni “Real”ning ikki yulduziga almashtirishmoqchi
PSJ yozgi transferlar mavsumida Kilian Mbappeni ketishidan unumli foydalanib qolmoqchi. Xususan, parijliklar avvalroq, 21 yoshli hujumchini “Yuventus” to‘purari Krishtianu Ronalduga almashtirmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi.
Turinliklardan javob bo‘lmagach, endi PSJ “Real”ga o‘ziga xos rokirovka taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, parijliklar “Qirollik klubi”dan Mbappe o‘rniga KArim Benzema va Lukas Vaskesni berishni so‘ramoqda.
Karim Benzemaning o‘zi agar Kilian Madridga keladigan bo‘lsa, asosiy tarkibdagi joyini bo‘shatib berishga tayyor ekanini bildirgandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” bu transferga 100 million evro tikmoqchi. Shuningdek, madridliklar Mbappe boshqa jamoalar taklifini qabul qilmasligi uchun unga 100 million evro miqdorida bonus ham atagan.
Fikrlar