
Mbappega haqiqiy o‘rinbosar topildi. PSJ bu o‘yinchi uchun 250 million evro to‘laydi!
Kilian Mbappening o‘rniga munosib nomzod topildi. PSJ rahbariyati “Real”ga o‘tib ketgan yulduz o‘rniga “Barselona”ning hujumkor futbolchisi Lamin Yamalni olib kelmoqchi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, parijliklar “Barselona”ni 16 yoshli futbolchi uchun 250 million evro to‘lashga tayyorliklari haqida ogohlantirgan. Agar kataloniyaliklar bu taklifni qabul qilsa, yangi transfer rekordi o‘rnatiladi.
Avvalgi rekord ham PSJ va “Barsa” o‘rtasidagi oldi-berdida o‘rnatilgan. Parijliklar Neymarni olish uchun 2017 yili “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan. Ushbu jahon rekordi hali ham yangilangani yo‘q.
Ekspertlar “Barselona”ning moliyaviy ahvolini inobatga olib, PSJning supertaklifini qabul qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Fikrlar