Mbappe va Yamal bir sovrin uchun kurashmoqda

  • 25 sentabr, 2024, 23:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi chempionatning yakunlanayotgan sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Ro‘yxatda besh nafar futbolchi bor: Kilian Mbappe («Real»), Lamin Yamal («Barselona»), Inyaki Uilyams («Atletik»), Jovani Lo Chelso («Betis») va Karlos Vitsente («Alaves»). Shu kunlarda Ispaniya chempionatida ettinchi tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

Hozircha turnir jadvalida "Barselona" (olti o‘yinda 18 ochko) peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o‘rinni esa "Real" (etti o‘yinda 17 ochko) egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniyaning amaldagi chempioni "Real" hisoblanadi. Karlo Anchelotti shogirdlari kecha “Alaves”ni 3:2 hisobida mag‘lub etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!