
Mbappe va Neymar muzokaralarga kirishdi
PSJ sport direktori Leonardo jamoaning bir qator futbolchilari bilan shartnomani uzaytirish haqida gapirib o‘tgandi.
"Biz Neymar, Mbappe va Di Mariya bilan yangi bitim borasida muzokaralar boshladik.
Ta’kidlash joizki, bu yili PSJda moliyaviy muammolar yuzaga keldi. Biz qiyin davrdamiz. Biz frantsiyalik hujumchi va braziliyalik forvard bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqib, gaplashyapmiz," - dedi Leonardo.
Di Mariyaning bitimi 2021 yilning yozid yakunlansa, Neymar va Mbappening shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar