Mbappe tarixiy o‘yindagi futbolkasi qizalog‘idan ayrilgan raqibga berdi (foto)
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya chempionatining 26-turida “Nant” darvozasini ishg‘ol qilib, klub tarixida eng yaxshi to‘purarga aylangan edi.
24 yoshli to‘purar tarixiy ahamiyat kasb etgan o‘yinda kiygan futbolkasini raqib o‘yinchisi Ignatius Ganagoga hadya qildi. Ikki hafta muqaddam Ganagoning qizchasi hayotdan ko‘z yumgan edi.

23 yoshli Ignatius Ganago Kamerun terma jamoasi hujumchisi hisblanadi. Uning besh yoshli qizi Xloya kasallik tufayli uzoq yashamadi. Xloya Ganagoning yagona farzandi bo‘lib, onasi bilan Kamerunda istiqomat qilardi.
Ganago joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 19 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan.



Fikrlar