Mbappe “Real”ga o‘tishga rozilik berdi

  • 1 aprel, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni 2024 yilning yozida bepul transfer qilishga qaror qildi.

Tecno

AS nashrining yozishicha, madridliklar kelayotgan yozda PSJga transfer bo‘yicha murojaat qilmaydi.

“Qirollik klubi” bir yil kutib, Kilian Mbappe shartnomasidagi 2024 yili PSJni tark etishi mumkinligi haqidagi bandning kuchga kirishini kutadi. O‘sha bandga ko‘ra, agar Mbappe parijliklar bilan 2023 yilning yozida shartnomani yangilamasa, bir yildan keyin erkin agentga aylanishi belgilab qo‘yilgan.

Aslida madridliklar Mbappeni o‘tgan yili yozda erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Biroq, PSJ katta maosh taklif qilish orqali Kilianni Parijda olib qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!