Mbappe PSJdan ketishini e’lon qildi. U qaysi jamoani tanlaydi?

  • 13 sentabr, 2020, 19:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblangan Kilian Mbappe 2021 yilgi transferlar vaqtida Parijdan ketishga qaror qildi. Iste’dodli hujumchi o‘z qarori haqida PSJ rahbariyatini ogohlantirdi.

Tecno

21 yoshli to‘purar bungacha bir necha marotaba klub bilan amaldagi shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan edi. Uning hozirgi bitimi 2022 yilgacha davom etadi. Yangi mavsum yakunlanganidan so‘ng, o‘zaro hamkorlik yakunlanishiga bir yil qoladi va transfer narxi ham ancha pasayadi.

Kilian Mbappega “Real” da’vogarlik qilmoqda. Madridliklar aynan 2021 yilgi transferlar mavsumida frantsiyalik hujumchini sotib oladi. Avvalroq, “Qirollik klubi” rahbarlari Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirmasligi va boshqa klublar taklifini qabul qilmasligi uchun o‘yinchiga 100 million evro bonus va’da qilgandi.

Bundan tashqari, “Liverpul” Mbappega yiliga 50 million evro maosh bilan olti yillik shartnoma taklif qilgan.

Kilian PSJga 2017 yili “Monako”dan 180 million evro evaziga olib kelingan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!