Mbappe PSJdan ketadigan bo‘lsa, uning o‘rnini kim egallashi ma’lum

  • 7 aprel, 2023, 22:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni kuzatmoqda.

Tecno

"AS" nashri xabariga ko‘ra, parijliklar hujumchi Kilian Mbappe jamoani tark etishi mumkinligi sababli 19 yoshli futbolchi uchun kurashga qo‘shildi. Manbaga ko‘ra, agar yulduz Mbappe yozda  jamoani tark etadigan bo‘lsa, u holda poytaxt klubi Bellingemni sotib olish uchun bor kuchini sarflaydi.

2022/23 yilgi mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan. Angliyalik xavbekning “asalarilar” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchining transfer narxi 120 million evroga baholanmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!