
Mbappe PSJdan chiroyli ketish yo‘lini topdi
Kilian Mbappe PSJni tark etish uchun katta puldan voz kechmoqchi.
Avvalroq, 25 yoshli hujumchi mavsum so‘nggida "Real" safiga o‘tishga qaror qilgani haqida aytilgandi.
Jurnalist Ramon Alvaresning xabar berishicha, Mbappe 89,6 million evro bonus hamda 38,2 million evro yillik maoshidan voz kechmoqchi. Bu holatda parijliklar 127,8 million evro tejab qoladi.
Joriy mavsumda Kilian Liga 1 doirasida 26 bellashuvda maydonga tushib, 24 ta gol hamda 6 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar