
Mbappe PSJda qolmasa, o‘rniga Vinisius keladi
PSJ klubi rahbariyati Kilian Mbappe o‘rniga "Real" futbolchisi Vinisius Juniorni olib kelmoqchi. Bu haqda "Goal" nashri xabar berdi.
Agar Kilian Madrid klubi safiga borib qo‘shilsa, frantsiyaliklar uning o‘rnini braziliyalik iqtidor egasi bilan to‘ldirishni niyat qilgan. Biroq "qirollik klubi" Vinini sotish haqida o‘ylayotgani yo‘q.
Ma’lumot o‘rnida, Vinisiusning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar