Mbappe PSJ bosh murabbiyiga qarshi isyon ko‘tardi

  • 10 oktabr, 2022, 11:01
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning "Reyms"ga (0:0) qarshi o‘yinidan bir necha soat o‘tgach, hujumchi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi va pivotgang xeshtegini qo‘ydi (Mbappe o‘zini eng zo‘ri deb hisoblaydi).

Tecno

Bunday xeshteg PSJ bosh murabbiyi Kristof Galtega qarshi da’vo hisoblanadi. Futbolchi yangi murabbiy kelganidan so‘ng jamoadagi rolidan norozi. Boisi, Mbappe klubning birichi raqamli futbolchisi nomini qo‘lga kirita olmayapti.

"L'Equipe" nashri xabariga ko‘ra, bosh murabbiy futbolchiga hech qanday chora ko‘rmoqchi emas. Galte futbolchi bilan yolg‘iz suhbatlashgan va o‘rtada hech qanday tushunmovchilik yo‘qligiga ishonch hosil qilgan.

23 yoshli Mbappe joriy mavsumda Liga 1da 9 ta o‘yinda 8 ta gol urdi. 10-turdan so‘ng PSJ 26 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!