
Mbappe o‘yinlar taqvimining zichligidan norozi
Kilian Mbappe futbolchilar uchun zich taqvim muammoga aylanishi mumkin deb hisoblaydi.
- Biz o‘z fikrimizni bildiramiz, lekin javob sifatida: "Siz katta pul ishlaysiz, shuning uchun o‘ynayverasiz", degan gapni eshitamiz. Bunday sur’atda biz yillar davomida muhokama qilib, hech narsa o‘zgarmay qolaveradi.
Gap faqat o‘yinlarda emas, balki tiklanishda ham. Iyul oyi o‘rtalarida klublar щrtasidagi jahon chempionatida biz chorak finalda o‘ynadik, boshqa jamoalar esa mavsumoldi o‘yinlarini o‘tkazayotgan edi. Balki men adashayotgandirman, lekin bu erda muammo borligini his qildim, - dedi "Real" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi.
Fikrlar