
Mbappe: "Oltin to‘p"ni yutish bo‘yicha Modrichdan maslahat so‘rayman"
"Real Madrid" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi hisoblangan Kilian Mbappe "Oltin to‘p" haqidagi savolga qiziqari javob berdi.
"To‘g‘risini aytsam, men bu masala bo‘yicha ko‘proq Luka Modrichdan maslahat so‘ramoqchiman. Sababi, u dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovringa ega chiqqan. Shu sababli, agarda men ham ushbu mukofotni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsam, albatta, undan ko‘rsatmalar olishim kerak" - deya kulib javob berdi "qaymoqranglilar" hujumchisi.
Xabaringiz bor, 39 yoshli xavbek 2018 yil dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrin ya’ni "Oltin to‘p" sohibiga aylangan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Kilian ham joriy mavsum ushbu sovrin uchun etakchilar qatoridan joy olmoqda. Mbappe "qirollik klubi" safida 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 30 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar