
Mbappe olti futbolchini “boshiga etdi”
“Real” rahbariyati yozda Kilian Mbappeni olishni asosiy maqsad sifatida belgiladi. Yosh hujumchi kelishi uchun “Qirollik klubi”ning bir necha futbolchilari o‘z o‘rnini tark etishiga to‘g‘ri keladi.
Madridliklar Garet Beyl, Isko, Marselo, Daniel Sebalos, Luka Yovich va Braim Dias kabi futbolchilarni sotib yuborib, 150 million evroni qo‘lga kiritmoqchi. Bu mablag‘ PSJdan Kilian Mbappeni olishga yo‘naltiriladi.
Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlar 20 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 14 marotaba aniq nishonga oldi va sakkizta golli pas uzatdi.
Fikrlar