
Mbappe Mourinoni qanday qilib shokka tushirganini aytib berdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe FIFAning taqdirlash marosimida “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoga duch kelgan vaziyatni aytib berdi.
Portugaliyalik mutaxassis o‘shanda 23 yoshli futbolchining muomalasidan hayratga tushgan ekan.
- Men o‘zim taniganim uchun Mourinoning oldiga kelib salomlashdim. Hatto uning atrofidagi do‘stlari bilan ham so‘rashdim. Keyinroq Mourino intervyu berib: “Kilian kelib mening yaqinlarim bilan salomlashganida hayratga tushdim”, - dedi.
Shu voqeadan so‘ng hamma shuni so‘raydigan bo‘ldi. Men ularga shahardan tashqarida katta bo‘lganimni, meni shunday tarbiyalashganini, hammani hurmat qilishni o‘rgatishganini aytdim. Agar siz bir kishining yoniga kelib u bilan so‘rashsangiz, atrofidagi odamlarga ham salom berishingiz kerak, - dedi Mbappe.
Fikrlar