Mbappe: "Messi - eng zo‘ri"

  • 27 fevral, 2022, 13:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ futbolchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi. Aytishicha, Messi tobora klubga moslashib bormoqda.

Tecno

"U aqlbovar qilmas futbolchi. Leo yangi hayotga va yangi klubga ko‘nikib bormoqda. U uchun xursandman. 

Agar sizda 7ta "Oltin to‘p" bo‘lsa ham, baribir yangi joyga moslashish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Biroq Messining o‘yini tobora yaxshilanib bormoqda.

Men doim aytganman: "Buyuk Messi bilan to‘p tepish qolganlarga qaraganda osonroq". Undan o‘rganadigan jihatlarim hali tugagani yo‘q. Menimcha, Messi futbol olamidagi eng yaxshi o‘yinchi", - dedi frantsiyalik futbolchi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!