
Mbappe hali hammadan o‘chini oladi!
Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege hamyurti Kilian Mbappening sovrinsiz qolib ketayotgani vaqtinchalik holat ekanini ta’kidladi.
- Rostini aytsam, Mbappe jahonning eng zo‘r uch-to‘rt futbolchisidan biri hisoblanadi. Hozircha, klub miqyosida katta natijalarni qo‘lga kirita olgani yo‘q.
“Real”da o‘ynasang, sendan har doim bitta narsa – muntazam g‘alaba qozonish talab etiladi. Biroq Kilian na La Liga yoki Ispaniya kubogida, na Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Shunga qaramay, Mbappe individual darajada o‘ziga xosligini ko‘rsata oldi. Uning asosiy maqsadi esa, “Real” bilan sovrinlar yutishdan iboat. U klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida hammadan o‘chini oladi.
Chunki bu musobaqada unga Xabi Alonso ustozlik qiladi. Alonsoning o‘zi ham “Real” o‘yinchisi bo‘lgan. Bu klubda nima qilishni, o‘zini qanday tutishni juda yaxshi biladi. Mbappening tarkibda borligi Xabi Alonso uchun ayni muddao, - dedi David Tregeze.
Fikrlar