
Mbappe Frantsiya terma jamoasini shokka tushirdi
“Real” hujumchisi Kilian Mbappening qarorlari frantsiyalik futbol muxlislarini hayratga solmoqda.
Aslida 25 yoshli hujumchi PSJni bepul tark etgani ko‘pchilikka ma’qul kelmagan edi. Endi Mbappe Frantsiya terma jamoasidagi faoliyati tufayli tanqidlar ostida qolib ketmoqda.
Mbappe terma jamoaning oktyabrdagi yig‘iniga kelmadi. So‘nggi uchrashuv vaqtida tungi klublarda yurgani fosh bo‘ldi.
Endi Kilian bor e’tiborini klubdagi faoliyatiga qarashini ma’lum qildi. Bunga Mbappe 2025 yil yakunlariga ko‘ra beriladigan “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgani sabab ekani aytilmoqda.
O‘z maqsadidan kelib chiqib, Mbappe Frantsiya terma jamoasi uchun faqat muhim uchrashuvlardagina o‘ynab berishini ma’lum qilgan. Bu orqali u jarohatlanish ehtimolini pasaytirmoqchi bo‘lyapti.
Fikrlar