Mbappe: "Bu erda "hey, to‘pni menga ber" deya olmaysan"

  • 21 yanvar, 19:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe "Zaltsburg"ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. 26 yoshli forvard Ispaniyadagi hayoti, moslashuv jarayoni va Frantsiya terma jamoasiga qaytishi haqida gapirdi. 
 
“Hozirda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. So‘nggi kunlarda eng yaxshi davrimni boshdan kechiryapman. Shu bilan birga, juda tinchman, tanqid esa normal holat. Agarda odamlar salbiy narsalar haqida gapirishni boshlasa, faqatgina tinchlanish va davom etish kerak xolos. 
 
O‘zimda juda katta o‘zgarishni sezdim. Buni faqat bir oy davomida emas, doimiy ravishda amalga oshirishim kerak. Bundan tashqari, bu klubda doimo raqobatlarga tayyor bo‘lishing ham shart. 
 
"Qaymoqranglilar" safida bo‘lish, har kuni trenirovka qilish, "Bernabeu" stadionida o‘ynash — mening haqiqiy orzuim va tushim edi. 
 
Frantsiya terma jamoasi bilan hech qanday muammo yo‘q. Mart oyida qaytishni sabrsizlik bilan kutyapman. Milliy terma jamoamga bo‘lgan sevgim o‘zgarmadi, saralashda qatnashib, yordam berishni xohlayman" " - dedi Jahon chempioni. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!