
Mbappe boshchiligidagi PSJ 24 o‘yindan beri yutqazmayapti!
Frantsiya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan "Monpele" - PSJ bahsida mehmonlar 2:6 hisobida g‘alaba qozondi. Ahamiyatlisi, Parij grandi mazkur 3 ochko evaziga o‘zining mag‘lubiyatsiz seriyasini 24 ta o‘yinga etkazib qo‘ydi.
Kilian Mbappe sheriklari noyabr oyidan beri o‘tkazilgan 24 bahsning 17 tasida zafar quchgan bo‘lsa, yana 7 bellashuv durang natija bilan yakun topgan. Luis Enrike shogirdlari oxirgi bor chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida "Milan"ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygandi.
Ma’lumot o‘rnida, ayni payt PSJ 59 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilyapti. 2-pog‘onadagi "Brest" bilan oradagi farq 12 ochkoni tashkil etadi.
Qo‘shimcha qilish mumkin, Parij klubi chempionlar ligasi chorak final bosqichida Ispaniyaning "Barselona" jamoasi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar