Mbappe bir yil zaxirada o‘tirmoqchi

  • 11 iyul, 2023, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol eksperti Daniel Riolo PSJ rahbariyati bilan munosabatlari buzilgan KUilian Mbappening kelajakdagi faoliyatini tahlil qilib berdi.

Tecno

- Kilian kelasi mavsum ham Parijda qoladi. Agar klub uni zaxiraga mixlab qo‘ysa ham, Mbappe jamoadan ketmaydi. U voqealarning shu taqlid davom etishiga tayyor, - dedi Daniel Riolo.

Ma’lumki, Kilian Mbappe amaldagi shartnomani avval rejalashtirilganidek, 2025 yilning yarmigacha uzaytirmaydigan bo‘ldi.

Klub rahbariyati undan yangi bitimni imzolashni talab qilyapti. Aks holda futbolchi sotib yuboriladi.

Mbappening o‘zi yana bir yil Parijda qolib, 90 million evro sodiqlik bonus hamda 60 million evro maoshini olganidan keyin erkin agent sifatida “Real”ga o‘tmoqchi. Bu holat PSJning moliyaviy imkoniyatlariga qattiq zarba bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!