
Mayoral: "Real" meni olib qolishni xohlagan edi, ammo...
“Real” hujumchisi Borxa Mayoral “Roma”ga ijara asosida o‘tgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Real” mening qolishimni xohladi, ammo yakunda ular meni qo‘yib yuborishdi. Fienga va "Roma" ustozi bilan suhbatlar men uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
Men o‘zimni g‘alabalarga chanqoq va maydonga tushishni istagan yosh hujumchi deb bilaman. La Ligada allaqachon tajriba to‘plab bo‘lganman.
"Roma"ga kelganimga bor-yo‘g‘i o‘n kun bo‘lsada, bu erdagi hamma narsa menga yoqdi”, - dedi Mayoral.
Fikrlar