
Mayk Tayson: "Madrimovning uslubi Kroufordni noqulay ahvolga solib qo‘ydi"
Super og‘ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni amerikalik Mayk Tayson Terens Krouford(41-0, 31 KO) va Isroil Madrimov(10-1-1, 7 KO) o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Terens kuchli raqibga duch keldi, shiddatli jangning guvohi bo‘ldik. Krouford so‘nggi ikki(11-12) raundda borini tashladi. Madrimov doimiy harakatda kurash olib borgani bois, uning uslubi Kroufordni noqulay holatga solib qo‘ydi”, – dedi Tayson Impaulsive podkastida.
Eslatib o‘tamiz, mazkur to‘qnashuv 4 avgust kuni Los-Anjelesda (AQSh) bo‘lib o‘tdi va hakamlarning qarori bilan Terens g‘alaba qozongandi (115-113, 115-113, 116-112).
Fikrlar