Maydonda to‘liq harakat qilgan Husanovning o‘yini necha ballga baholandi?
Angliya Premer-ligasi 28 turidan o‘rin olgan "Nottingem Forest"-"Manchester Siti" uchrashuvi mezbonlar foydasiga 1:0 hisobida yakunlandi. "Shaharliklar" sharafini himoya qilayotgan Abduqodir Husanov uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.
Legionerimizning o‘yiniga mashhur analitik dasturlar tomonidan qo‘yilgan ballar bilan tanishing: "SofaScore" 7.3, "FlashScore" 7.1, "FutMob" 7.1 va "Who Scored?" tomonidan 6.8 ballga loyiq ko‘rildi.
"Siti"ning navbatdagi o‘yini "Etihad"da "Brayton"ga qarshi bo‘ladi.



Fikrlar