Mavsumlar oralig‘ida "Buxoro"ni 4 nafar futbolchi tark etishi mumkin

  • 29 iyun, 2019, 22:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Superliganing 13-tur uchrashuvlari yakunlandi va shu tariqa chempionatda birinchi davraga yakun yasaldi.

Tecno

Endi mavsumlar oralig‘ida Superliga klublari tarkibiga yangi futbolchilar qo‘shilishi bilan bir qatorda, ular safini futbolchilar tark etishi ham mumkin.

Bizga etib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra birinchi davrani ko‘ngildagidek o‘tkaza olmayotgan “Buxoro” klubi safini ham bir qator futbolchilar tark etishadi. Jumladan, himoyachi Ergash Ismoilov, yarim himoyachilar Asad Sobirjonov hamda Doston Ibragimov va hujumchi Ivan Nagaevlar ikkinchi davrani boshqa jamoada o‘tkazishi mumkin. Aniqrog‘i, Ismoilovga “Surxon”, Sobirjonovga “Qizilqum”, Ibragimovga AGMK va Nagaevga “Surxon” hamda “So‘g‘diyona”dan qiziqishlar mavjud.

Voqealar rivojini esa SPORTS.uz bilan birga kuzating!

Ma’lumot uchun, “Buxoro” ayni damda Superliga musobaqa jadvalida 10 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдурахман Абдувалиев
30/06/2019 07:24
Нагаев мавсумни гол урмай ўтказди шекилли, бунақа хужумчи билан Сурхонни нима қилмоқчисила.Ўйинчини зўрини олиш керак, кераксиз бўлиб қолганини эмас, ва Саломовни хам опқолиш керак, 1-даврада шу бола Сурхонни ўйинини белгилаб берди, тан олайлик.Сурхонга омад
Murod Panjiev
30/06/2019 00:48
Сурхондан текин тамок уйинчилар кетсин урнини виждони бор ориятини сотмайдиган йигитлар келсин
&
Surxon turon
29/06/2019 22:43
Сурхон нагаевди олса яхгибӯларди