
Mavsum restartidan so‘ng maydonga tushmagan O‘zil turk klubidan rekord summadagi maosh so‘ramoqda
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zil "Fenerbaxche" klubi bilan maosh bo‘yicha kelisha olmayapti.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining ayoli Amine Gyulshe vataniga qaytish uchun O‘zilni ko‘ndirishga urinmoqda. Joriy mavsum restartidan so‘ng maydonga tushishga ulgurmagan futbolchi "Fenerbaxche" klubidan haftasiga 350 ming funt sterling maosh so‘ramoqda.
Jahon chempionatining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi.
Fikrlar