Maunt "Chelsi"dagi debyuti haqida gapirdi
"Chelsi" klubi yarim himoyachisi Meyson Maunt o‘zining “aristokratlar” safidagi debyut o‘yini haqida gapirib o‘tdi.
“Chelsi”da o‘ynashni bolaligimdan orzu qilardim. Uchrashuv kuni men judayam hayajonlandim, chunki bu mening “Old Traffor”dagi ilk o‘yinim edi.
Men jamoadagi faoliyatimni shu tariqa boshlaganimdan xursandman. Imkon qadar ko‘proq gol urishni xohlayman. Biz yosh jamoamiz va har bir o‘yinda jang qilishga, kurashishga tayyormiz”, - deydi Maunt.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli Maunt “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U APLning 1-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda debyut uchrashuvini o‘tkazdi.



Fikrlar