
“Match TV” telekanali bosh prodyuseri Azmunni Rossiya terma jamoasi a’zosi deb aytdi (video)
“Match TV” telekanali bosh prodyuseri Tina Kandelaki Rossiya terma jamoasining kecha Evro-2020 saradashidan o‘rin olgan Shotlandiyaga (4:0) qarshi o‘yinda qo‘lga kiritgan yirik g‘alabasi bilan tabriklar ekan, “Zenit” forvardi Sardor Azmunni ham Rossiya terma jamoasi a’zosi sifatida aytib o‘tdi.
“Rossiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaylik, kecha aqlbovar qilmas g‘alabani amalga oshirgan Dzyuba, Azmun va Stanislav Cherchesovni olqishlaylik”, - deydi Kandelaki.
Eslatib o‘tamiz, Azmun Eron terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Fikrlar