
Mata yozda "Atletiko"ga o‘tishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Xuan Mata "Atletiko"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 30 yoshli ispaniyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida, ya’ni u shartnomasi tugab erkin agentga aylanganida o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Mataga "Yuventus", "Barselona" va PSJ klublaridan ham qiziqishlar bor.
Ma’lumot uchun, Mata joriy mavsum MYu safida 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4 assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Mataning transferi 25 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar