Mashhur yulduzni “Real”dan tortib oladigan klub topildi

  • 11 yanvar, 22:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning klub bilan kelishuvi mavsum oxirida tugaydi. Angliyalik futbolchi o‘z jamoasi bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmayapti. 

Tecno

Trentga asosiy da’vogar sifatida “Real” tilga olinmoqda. Madridliklar bu himoyachini anchadan beri kuzatib keladi va undan “Liverpul” bilan yangi shartnoma imzolamaslikni so‘rayapti. 

Endi “Bavariya” Aleksander-Arnoldga ko‘z tika boshladi. Bundesliga grandi 26 yoshli futbolchini katta maosh bilan o‘ziga og‘dirmoqchi. Bundan tashqari, myunxenliklar “Real”dan farqli ravishda Trentni jamoadagi asosiy figuraga aylantirishni va’da berishyapti. “Bavariya” rahbarlari aynan mana shu ikki omil Trentni Myunxenga kelishiga sababchi bo‘lishi mumkinligiga ishonyapti. 

Trent Aleksander-Arnold “Liverpul”da shu paytga qadar 335 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari 20 ta gol va 85 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
12/01/2025 02:49
Kimmix bilan almashsa buladi
Kimmix liverpulda uynab ketadi