Mashhur murabbiy Ronaldu tufayli ishdan haydalishi mumkin

  • 29 mart, 10:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“An-Nasr” rahbariyati Krishtianu Ronaldu bilan ziddiyatga borayotgan mashhur murabbiy Stefano Piolini iste’foga chiqarishi kutilmoqda.

Shuningdek, italiyalik mutaxassis qo‘l ostida jamoa qayd etayotgan natijalar ham klub egalariga yoqmayapti. Bu haqda taniqli jurnalist Janluiji Longari xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Stefano Pioli Italiyaga qaytadigan bo‘lyapti. Tajribali mutaxassisga “Roma” qiziqish bildirmoqda. Ma’lumki, rimliklarni boshqarayotgan Klaudio Raneri joriy mavsum tugashi bilan bosh murabbiylik faoliyatini yakunlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 25-turida “Al-Xolud”ga qarshi uchrashuvda 59 yoshli murabbiy uni 61-daqiqada zaxiraga olganidan norozi bo‘lgan. Portugaliyalik yulduz zaxira o‘rindig‘iga bormasdan to‘g‘ri kiyim almashtirish xonasiga ketgan.

“An-Nasr” 25-turdan keyin chemionatda 51 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda va musobaqa peshqadami “Al-Ittihod”dan o‘n ballga orqada qolib ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!