Mashhur klub Erik ten Xagni Manchesterdan olib ketmoqchi

  • 26 aprel, 2024, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ayaks” klubi rahbariyati kelasi mavsum oldidan “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xagni jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Bu haqda De Telegraaf nashri jurnalisti Mayk Vervey xabar tarqatdi.

Erik ten Xagning Angliya Premer-ligasidagi ishlari ko‘ngildagidek rivojlangani yo‘q. Uning qo‘l ostida “Manchester Yunayted” kutilgan natijalarni qayd eta olmadi. Jamoaga barqarorlik etishmayapti.

Qolaversa, niderlandiyalik mutaxassis bir necha etakchi o‘yinchilar bilan chiqisha olmagani ichki muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Hozir ham jamoaning bir guruh futbolchilari bosh murabbiyning ketishini kutib yuribdi.

“Manchester Yunayted” rahbariyati boshqa murabbiy qidirayotgani haqida ham xabarlar chiqmoqda. “Ayaks” esa, vaziyatdan foydalanib qolishga urinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!