
Mashhur futbolchi hakamni yomon xafa qildi (foto)
Amerika kubogi doirasida kutilmagan vaziyat yuzaga keldi. “S” guruhining uchinchi tur uchrashuvida AQSh terma jamoasi futbolchilari Urugvayga kichik hisobda yutqazib qo‘ydi va pley-offga chiqa olmadi.
AQSh terma jamoasi sardori Kristian Plushich butun uchrashuv davomida perulik bosh hakam Kevin Ortegaga e’tiroz bildirib, uning qarorlarini muhokama qilib keldi.
Uchrashuv yakunlanishi bilan ehtiroslarga berilgan mashhur futbolchi hakamlar brigadasini Urugvay terma jamoasi bilan birga g‘alabani nishonlashga chaqirdi.
Hissiyotlar bosilganidan keyin Pulishich uzr tariqasida qo‘lini Ortagega uzatdi. Biroq hakamning ko‘ngli og‘rigan shekilli, u oshkora tarzda Kristianning qo‘lini siqib qo‘yishdan bosh tortdi.
25 yoshli Pulishich "Milan" futbolchisi hisoblanadi. AQSh terma jamoasida 70 ta o‘yin o‘tkazgan hujumchi raqiblar darvozasini 30 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar