"Mash’al" ustozi: "Xohlaymizmi-yo‘qmi, futbolchilarda charchoq bor edi"

  • 22 avgust, 00:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 20-turida “Neftchi” Farg‘onada “Mash’al”ni 3:0 hisobida taslim qildi. O‘yindan keyin “Mash’al” ustozi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

- O‘yinni yaxshi boshladik. Xatolarimiz bizga qimmatga tushdi. Bahona bo‘lmaydiyu, ammo yo‘l azobidan ozgina qiynaldik. Yo‘lda yigitlar tiklana olmadi. Bu uchrashuv biz uchun qiyin bo‘ldi.

- “Mash’al” oldingi turda o‘z uyida “Andijon”ni mag‘lub etgandi. Bu o‘yinda jamoangizga nima etishmadi?

- Charchoqni evaziga mag‘lub bo‘ldik, deb o‘ylayman. Chunki “Andijon” bilan o‘yinda katta kuch yo‘qotgandik. Yana yo‘l, Toshkentgacha, Toshkentdan Farg‘onagacha. Xohlaymizmi-yo‘qmi, futbolchilarda charchoq bor edi. Boshida 15-20 daqiqacha yaxshi o‘ynadik. Keyin xatolar evaziga gollar o‘tkazib yubordik. Charchoqni evaziga muvozanatni yo‘qotdik.

- Mag‘lubiyatda darvozabonni necha foiz aybi bor, deb o‘ylaysiz?

- Bu o‘yin. Darvozabonimiz balki xato qilgandir, balki xato qilmagandir. O‘yinni ko‘rib tahlil qilib chiqamiz. Xato hammamizniki. Murabbiy, futbolchilar - klubda kimlar ishlayotgan bo‘lsa, xato barchamizniki. Yana ishlashda davom etamiz. Keyingi uchrashuvlarda xatolarni yaxshilashga harakat qilamiz.

- O‘rinbosarlar uchrashuvini ham o‘zingiz tomosha qilasizmi?

- O‘rinbosarlar o‘yinini ko‘ramiz. Qachonki, bizda o‘yinlar yaqin bo‘lmasa borib ko‘ramiz. Ko‘proq yoshlarni o‘ynatishni xohlaymiz. Keyingi safar “Paxtakor”ga qarshi Kubok doirasida o‘yinimiz bor. Unda 2-3 ta yoshlarni ko‘rmoqchimiz. “Neftchi” bilan o‘yinda ham yosh futbolchimiz - Farruh Toshpo‘latovni 10 daqiqaga maydonga tushirdik. Debyut o‘yinida “Neftchi”dek jamoaga qarshi yomon taassurot qoldirmadi. U19, o‘rinbosarlar tarkibimizda iqtidorli bolalar ko‘p. Ularga asta-sekin imkoniyat berishimiz kerak. Asosiy tarkibda futbolchilarimiz ko‘pligi uchun yoshlarga qaerdadir imkoniyat bera olmayapmiz. Asosiy tarkibimizni yarmini U21 tarkibi bilan to‘ldirmoqchimiz.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!