"Mash’al" jami etti nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
“Mash’al” klubi transfer oynasi ochilgan paytda selektsiya ishlarini faol tarzda olib bordi, deb aytish mumkin. Ayniqsa, tarkibni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Oxirgilardan bo‘lib esa, “Andijon”ni tark etgan nigeriyalik yarim himoyachi Maykl Ibe Okoro bilan shartnoma imzolandi. Shunday qilib, muborakliklar safiga etti nafar o‘yinchi kelib qo‘shildi.
Ijaradan qaytgan futbolchilar:
- Sardor Abduraimov (“Bunyodkor”)
- Humoyun Murtazoev (“Bunyodkor”)
- Muhammadqodir Rahimberganov (“Dinamo”)
Erkin agent sifatida qo‘shilgan futbolchilar:
- Sardor Eminov (“Regar-TadAZ”, Tojikiston)
- Shoxruh Eshbo‘taev (“Dinamo”)
- Akobir To‘raev (“Raxmatganj”, Bangladesh)
- Maykl Ibe Okoro (“Andijon”)



Fikrlar